softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Bosh prokuratura, DXX va TIV vakillari migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilishda qatnashish uchun Rossiyaga ketdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Bosh prokuratura, DXX va TIV vakillari migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilishda qatnashish uchun Rossiyaga ketdi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarlik qilmoqda. Mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha idoralararo guruhning yig‘ilishi 29 apreldan boshlanadi.

Moskva shahri / Foto: 35photopro

28 aprel kuni O‘zbekiston vazirlik va idoralari delegatsiyasi bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligida Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uz'ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, tashqi ishlar, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari kiritilgan. Tashrif doirasida asosiy tadbirlar – 29 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy manfaatlari himoya qilinishi borasida parlament so‘rovi yuborgan edi.

TIV rahbaridan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berish so‘ralgan.