softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda 5 kishiga Germaniya vizasi olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentda 5 kishiga Germaniya vizasi olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Batafsil o'qish:

U fuqarolarga Germaniya davlatiga borish uchun viza olib berishini aytib, 6 ming dollar olgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Samarqand va Toshkent shaharlarida noqonuniy yo‘llar bilan xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda «S.S» MChJ ta’sischisi O.O‘. va ish boshqaruvchisi S.R. ijtimoiy tarmoqda xorijiy davlatlarga ishga yuborishlari haqida e’lon berib, 6 nafar fuqaroni Germaniya va Angliya davlatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 12,7 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ye.M. ismli shaxs fuqaro I.S. va uning 4 nafar tanishlarini 12 ming dollar evaziga Germaniya davlatiga borishi uchun viza olib berishini aytib, shundan 6 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda ikki fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan chet el fuqarosi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.