softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi

Batafsil o'qish:

Rezolyutsiyaning hammualliflari 80 dan ortiq davlat bo‘lib, ular dunyoning barcha mintaqalarini, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarini o‘z ichiga oladi.

Foto: Getty images

BMT Bosh Assambleyasi Nyu-York shahrida O‘zbekiston tashabbusi bilan «Barqaror o‘rmon xo‘jaligi asosida o‘rmonzorlashtirish va o‘rmon tiklash bo‘yicha harakatlar dekadasi» nomli rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Rezolyutsiyaning hammualliflari 80 dan ortiq davlat bo‘lib, ular dunyoning barcha mintaqalarini, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarini, Ozarboyjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar, Bahraynni o‘z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, ushbu hujjat O‘zbekiston prezidentining asosiy tashabbuslari, jumladan «Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili» dasturi, «Yashil makon» milliy loyihasi va «Markaziy Osiyo Yashil kamar» daraxt ekish aksiyasi asosida yaratilgan.

Rezolyutsiya 2027–2036 yillarni O‘rmonzorlashtirish va O‘rmon tiklash harakatlar dekadasi deb e’lon qiladi, kuch va resurslarni mobilizatsiya qilishga chaqiradi, shuningdek, davlatlar va tashkilotlarni tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirishga tavsiya etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasi bir ovozdan qabul qilgan edi.