softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi

Batafsil o'qish:

Toshkent shahar IIBB poytaxt ko‘chalarida so‘nggi kunlarda xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimlari ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkentning Nukus ko‘chasida Malibu-2 rusumli transport vositasi haydovchisi davlat raqami belgilarisiz, mashinasiga qo‘shimcha jihozlar o‘rnatib harakatlangan. Transport vositasining barcha oynalari qoraytirilgan bo‘lgan.

YPX xodimi haydovchiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan, ammo u inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, xodimni mashina kapotida taxminan 1,5 kilometrga sudrab ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida qoidabuzar haydovchi to‘xtatilgan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan. Mashina jarima maydoniga joylashtirilgan. 

Shuningdek, 23 aprel kuni Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini Tracker urib ketgan.

Shifoxonaga olib borilgan inspektorga o‘ng va chap qo‘l ko‘plab shilinmalari, chap chanoq suyagining bir necha joydan sinishi, chap tizza sohasi va oyoq yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan.

«Tirbandlikning oldini olish maqsadida chorrahaga chiqib, uning markazida o‘zimga qulay joyni tanladim. Uchinchi qatordan keldimi yoki to‘rtinchi qatordan bilmayman, Tracker kelib urdi. O‘sha yerdagi hamkasblarim, Milliy gvardiya, hammasi kelib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatdi», — deydi jabrlanuvchi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.