softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

“O‘g‘limning o‘yinlarini umuman ko‘ra olmayman” – chempion futbolchining onasi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

“O‘g‘limning o‘yinlarini umuman ko‘ra olmayman” – chempion futbolchining onasi

Batafsil o'qish:

“Hali hayajondamiz. Biz kutmagan narsa bo‘ldi. Lekin ishonardik, chunki o‘g‘lim menga, albatta, kubokni olib kelamiz ona, deb va’da berib ketgandi”, - deydi Osiyo chempioni Sadriddin Hasanovning onasi Dilfuza Rahmatullayeva.

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi U-17 o‘yinlarida 9 ishtirokchi bilan BAAni mag‘lub etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Sadriddin Hasanov va Bahodir Izboskanov Toshkentdagi 138-maktabning 10-sinf o‘quvchilari. G‘alabadan so‘ng Chilonzor tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev yosh chempionlar, maktab jamoasi, o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashib, maktabdagi “Iqtidor burchagi”ga futbolchilarning suratlarini joylashtirdi.

Ma’lum qilinishicha, murabbiylar tomonidan chempion o‘smirlardan intervyu olmaslik tavsiya etilganligi sababli Kun.uz muxbiri ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.

 “Men o‘g‘limning o‘yinlarini umuman ko‘ra olmayman. Boshqa xonada o‘tiraman, faqat g‘alabasini Xudodan so‘rab o‘tiraman. Yutug‘ini, omadini so‘rab o‘tiraman. Keyin ikkinchi kuni qaytarib ko‘rsatganda o‘yinini ko‘raman.

Gol urganda, chempion bo‘lganda juda ham hayajonlandim. Hali ham hayajonlarimni yashirib olayotganim yo‘q. Hali hayajondamiz biz. Biz kutmagan narsa bo‘ldi. Lekin biz ishonardik, chunki o‘g‘lim menga, albatta, kubokni olib kelamiz ona, deb va’da berib ketgandi”, - deydi Sadriddin Hasanovning onasi Dilfuza Rahmatullayeva.