Ijtimoiy himoya kodeksi ishlab chiqiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, loyihada:
Bunda, xalqaro standartlar va xorijiy tajribani o‘rganish asosida tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy himoyaga doir amaldagi qonunchilik maqbullashtiriladi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Umumlashtirilgan natijalar asosida O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy himoya kodeksi loyihasi belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va inson huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash mo‘ljallangan.
Bunda, biznes va inson huquqlari bo‘yicha milliy harakatlar rejasi qabul qilinadi.
Milliy harakatlar rejasi ijrosi bo‘yicha doimiy monitoring o‘rnatiladi. Monitoring natijalari yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumot Oliy Majlis palatalari, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasiga taqdim etiladi.