O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Anqara shahrida Senat raisi Tanzila Norboyeva Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur Ozdemir Gyoktash bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Senat.uz
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ijtimoiy sohada hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, tomonlar ijtimoiy himoya, oila instituti hamda ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, ijtimoiy xizmat xodimlarining malakasini oshirish, quyi bo‘g‘ingacha sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini ta’minlash, tegishli qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tajriba almashish haqida fikr yuritildi.
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida hududlararo hamkorlik yo‘lga quyilganligini inobatga olib, oila, xotin-qizlar masalalari va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish hududiy bo‘limlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ikki mamlakat tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkazishga kelishib olindi.