Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Shu bilan birga, pul yuvish jinoyatlari uchun belgilangan jazo qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab qayta taqsimlanadi. Insayder axborotdan foydalanish yoki qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish bilan bog‘liq holatlar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilanadi.
O‘zbekistonda jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu – 21 aprel kungi prezident farmonida belgilandi.
Qonun loyihasida:
Qonun loyihasi 2025 yil may oyida tayyor bo‘lishi kerak. Bu vazifa Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga topshirildi.
Avvalroq, 2025 yil 27 martdan e’tiboran, ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchga kirgandi.