To‘rtta partiya birlashib, O‘zLiDeP kiritgan qonunni o‘tkazmadi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Xususiy sektorda xodimlarni ishdan bo‘shatishni soddalashtirish, o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimga ishdan bo‘shatilgani munosabati bilan kompensatsiya to‘lashni bekor qilish kabilarni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi rad etildi. O‘zLiDeP kiritgan loyihani partiyaning barcha 57 deputati qo‘llagan bo‘lsa, qolgan partiyalar 71 ta ovoz bilan qonunni o‘tkazmaslikka erishdi.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 29 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida O‘zLiDeP fraksiyasi deputatlari ishlab chiqqan — «Mehnat kodeksiga xususiy sektor uchun belgilangan ijtimoiy majburiyatlarni erkinlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
Tashabbuskorlarga ko‘ra, mehnat qonunchiligida xususiy sektor uchun ijtimoiy majburiyatlar ko‘pligi, sohadagi huquqiy mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
«Amaldagi Mehnat kodeksida davlat va xususiy sektorda ish beruvchilar uchun bir xildagi ijtimoiy majburiyatlarning nazarda tutilishi xususiy sektor, ayniqsa, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy barqarorligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa xususiy sektorda xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish jarayonlarining rasmiy qayd etilmasligiga olib kelmoqda», deyiladi quyi palata xabarida.
Parlament quyi palatasi saytida qonun loyihasi to‘liq e’lon qilinmagan. Palata matbuot xizmatiga ko‘ra, loyihada Mehnat kodeksiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan:
Majlisda Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama va bahslarga sabab bo‘ldi va yetarli ovoz to‘play olmadi. Xususan, qonun loyihasining qabul qilinishiga faqat tashabbuskor partiya – O‘zLiDepning 57 nafar deputati ovoz bergan. Qolgan deputatlar 4 ta partiyaning barcha deputatlari loyihaga qarshi ovoz bergan – 71 kishi. Milliy tiklanishdan 2 nafar deputat betaraf qolgan. Birinchi o‘qishda yetarli ovoz ololmagan qonun loyihasi tashabbuskorlarga qaytarildi.
«Milliy tiklanish» partiyasi ushbu qonun loyihasini xodim manfaatiga zid deb atagan. Partiyaga ko‘ra, loyihada asosan xodim emas, ish beruvchi – tadbirkorlar manfaatiga ustuvorlik berilgan.
«Ya’ni tenglik buzilyapti. Fraksiya liberallarning tadbirkorlarni rivojlantirish g‘oyalariga qarshi emas, lekin har qanday rivojlanish qadriyatlar bilan bo‘lishi kerak! Biz mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin bu xodimlarning mehnat huquqlarini buzish hisobiga bo‘lmasligi kerak», deyiladi partiya bayonotida.