softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

Batafsil o'qish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni yer hisobini yuritish va kadastr xizmatini rivojlantirish bo‘yicha qilingan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Qayd qilinishicha, mamlakatda 45 million gektarga yaqin yer maydoni bor. 2021 yilgacha shundan bor-yo‘g‘i 1 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi. So‘nggi yillarda yagona tizim yaratilib, raqamlashtirish joriy etilgani natijasida 42 million gektar yer, ya’ni jami maydonlarning 94 foizi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Taqdimotda galdagi rejalar va ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, bu yil 400 mingta yakka tartibdagi uy UZKAD tizimiga kiritiladi. Natijada mol-mulkni sotish, ijaraga berish, meros qoldirish, garovga qo‘yish kabi jarayonlar osonlashadi. Kelgusida 6 million 300 mingdan ziyod barcha yakka tartibdagi uylar ushbu tizimda aks ettiriladi.

Ko‘p joylarda ko‘chmas mulkning kadastr qiymati bilan haqiqiy bozor bahosi o‘rtasida katta farq bor. Bu huquqiy munosabatlarda va savdolarda nomutanosiblikni keltirib chiqaryapti.

Shu bois prezidentning 5 martdagi farmoniga muvofiq, ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etilmoqda. Buning uchun Kadastr agentligida Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi ochildi. Unga 40 milliard so‘m ajratilib, malakali mutaxassislar jalb qilindi va amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Ommaviy baholash bu yil Toshkent shahrida boshlanib, keyingi yillarda Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda qolgan hududlarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Davlat rahbari kadastr ma’lumotlari iqtisodiy rejalarni samarali belgilash uchun muhim asos ekanini ta’kidlab, bu sohada yaxlitlik va aniqlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Byurokratiyani keskin kamaytirib, kadastr xizmatlari sifatini oshirish, tadbirkorlarga yengilliklar yaratish vazifasi qo‘yildi.