softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi

Batafsil o'qish:

Ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy-joy berish tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Foto: Kun.uz 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, uy-joyga muhtoj shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

- ijtimoiy uyda yashayotgan har bir oilani mahalladagi ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan kompleks baholash;
 - faqat mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lmagan hamda “kambag‘al oilalar reyestri”da turgan oilalarga ijaraga ijtimoiy uy-joy berish;
- kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a’zosi ishlash sharti bilan uyni ijara olish xarajatlarini qoplab berish;
- kambag‘allikdan chiqqan oilalarning ipotekasiga maxsus subsidiya shartlarini qo‘llash;
- ko‘p qavatli uy-joylarining bir qismini ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkazish.

Ishlab chiqilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.