softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekistonda har yili “25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan haftalik o‘tkaziladi.

Illyustrativ foto

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, hududlardagi ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar, talaba-o‘quvchilarni aniqlash, ro‘yxatini shakllantirish rejalashtirilgan.

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha ta’lim muassasalarida, mahallalarda va boshqa tashkilotlarda turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan amaliy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish orqali ularning huquqlarini himoya qilish yanada yaxshilanadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslari xatti-harakatlarining asosiy tamoyillarini, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini kuch va o‘qotar qurollarni ishlatishning muqobil choralarini, mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishni, shuningdek tinch yig‘ilishlar davomida jamoat tartibini ta’minlashda kuch va o‘qotar qurollar ishlatilishini cheklash maqsadida texnik vositalardan foydalanishni o‘rgatish standartlarini o‘z ichiga olgan holda o‘quv treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bunda, sohaning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda o‘quv moduli ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘quv treninglari tashkil etiladi.