softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi

Batafsil o'qish:

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi Rustam Rahmonovning sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. U yozma arizasi va Sudyalar odobi kodeksi talablari buzgani asoslari bilan lavozimidan ozod qilingan.

Mast holda mashina olib qochgani aytilgan Mirobod tuman sudi sudyasi Rustam Rahmonov lavozimidan ozod etildi. Sudyalar oliy kengashi unga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yuzasidan qo‘shimcha axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rustam Rahmonovga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilingan. Qabul qilingan qarorga ko‘ra, u yozma arizasi va Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani asoslari bilan lavozimidan ozod qilingan hamda sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

“Ayni jarayonda boshqa sudyalarining xatti-harakatlari ham o‘rganilib, xizmat tekshiruvining ularga oid qismi ko‘rib chiqish uchun tegishli sud sudyalari malaka hay’atiga taqdim etilgan.

Hali yakuniga yetmagan mazkur holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilayotgan turli mazmundagi xabarlarga javoban eslatiladiki, “Sudlar to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunlarga ko‘ra, kengash sudyalarga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri intizomiy chora qo‘llash vakolatiga ega emas”, deyiladi kengash axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, bunday masala tegishli malaka hay’atlari vakolatiga doir bo‘lib, Sudyalar oliy kengashi tomonidan ularning (malaka hay’atlarining) qarorlariga nisbatan berilgan shikoyatlar ko‘rib chiqiladi.

Oldinroq jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi transport vositasini olib qochish jinoyatini sodir qilgani, Sudyalar oliy kengashi uning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazayotgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Rustam Rahmonov 2024 yilning dekabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi lavozimida bo‘lishining navbatdagi 10 yillik muddatiga tayinlangandi.