softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi

Batafsil o'qish:

“O‘zbekiston–2030” strategiyasida mamlakatni 2030 yilgacha daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga olib kirish maqsadi qo‘yilgan. Bu maqsad yo‘lidagi sa’y-xarakatlar Milliy universitetda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqtisodiy ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama qilindi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

24 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida “Barqaror iqtisodiy rivojlanish va strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, yashil investitsiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, aholi turmush darajasini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Tadbirda Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Slovakiya, Malayziya va boshqa davlatlardan nufuzli olimlar va tadqiqotchilar qatnashdi.

Bugun 10 dan ziyod mamlakatlardan vakillar va mutaxassislar qatnashishdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida muhim bir element bor. Respublika iqtisodiyoti dunyoning 50 ta iqtisodiyoti rivojlangan davlatlari tizimiga kirishi maqsad qilib qo‘yilgan. Bu maqsadga erishishda nazariy bilimlarni tahlil qilish, amaliy natijalarni tahlillash orqali yangi chora-tadbirlarni shakllantirish kerak. Bu anjuman biz uchun shu tahlillarni, takliflarni mulohaza qilib, fikr almashishda, tahliliy fikrlarni shakllantirishda yordam beradi”, – deydi O‘zMU Iqtisodiyot fakulteti ilmiy va tashqi aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Diyor Karimov.

Konferensiyaning asosiy mavzularidan biri – “yashil iqtisodiyot” bo‘ldi. Mutaxassislar iqtisodiy o‘sishni ekologik barqarorlik va yashil investitsiyalar orqali ta’minlash bo‘yicha fikr almashdi.

Shuningdek, anjumanda:

  • milliy iqtisodiyotni modellashtirish va prognozlashtirish usullari;
  • yashil iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi omillar;
  • aholi turmush sifati bo‘yicha indikatorlar;
  • global iqtisodiy tahdidlar va ularga qarshi innovatsion yondashuvlar;
  • raqamlashtirish va innovatsion rivojlanish modellari kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev sirkulyar iqtisodiyot haqida gapirarkan, shunday deydi:

Barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish aholining turmush darajasi bilan bog‘liq masala hisoblanadi. Hozirgi chiziqli iqtisodiyot barcha yuklarni ko‘tara olmaydi. Shuning uchun uni rivojlantiradigan yondosh, muqobil modellar bu iqtisodiyotga yangi impuls beradi. Ana shulardan biri bu – yashil iqtisodiyot.

Gap shundaki, an’anaviy iqtisodiyot ekstensiv rivojlanishga asoslangan edi. Bugun esa bu omillar cheklanmoqda. Shu sabab bugun biz kreativ iqtisodiyotga, yashil iqtisodiyotga – ya’ni chiqindilarni qayta ishlash, sirkulyar iqtisodiyot kabi yangi modellarga o‘tishimiz kerak. Bu borada sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganyapmiz, viloyat markazlari, yirik shaharlar, tumanlarda chiqindilarni qayta ishlaydigan, ularni poligonlarda yo‘q qilish emas, undan issiqlik olish, elektr energiyasi va boshqa buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganyapmiz. Lekin aslida ular bizdan o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa – muqaddas kitoblarimizda tejamkorlik haqida juda ko‘p aytilgan. O‘zbekistonda bir yilda 3 mln tonna oziq-ovqat chiqindiga tashlab yuboriladi. Jahonda esa 1,6 mlrd tonna oziq-ovqat mahsulotlari yo‘q qilinadi. Dunyo bo‘yicha 1 mlrd atrofida odamlar to‘yib ovqat yemaslikdan ozor chekyapti. Agar shu chiqindiga tashlanadigan oziq-ovqatning 25 foizi qayta ishlansa, dunyo bo‘yicha ochlikni bartaraf qilish mumkin”, – dedi akademik.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu kabi tadbirlar O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini namoyon etish, shu bilan birga, strategik maqsadlarga ilmiy yechimlar orqali yetishishga xizmat qiladi.