softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi

Batafsil o'qish:

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Foto: Reubtuit.uzters

2025-2026 o‘quv yilidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini 2025-2026 o‘quv yilidan Urganch davlat universitetining mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali Al-Xorazmiy majmuasi hududida tashkil etiladi.
 
Ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli bo‘yicha tashkil etiladi. Bunda: 

▪️dastlabki 5 yilda ustuvorlik o‘quvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili bo‘yicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda esa muhandislikka boshlang‘ich tayyorgarlikni ta’minlashga qaratiladi;
▪️o‘quvchilar tanlovi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari bo‘yicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbari, xodimlari va o‘quvchilari uchun  belgilangan tashkiliy, akademik va moliyaviy shart-sharoitlar tatbiq etiladi.