Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida kelgusi 3 yilda 100 ta kichik samolyot ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Birinchi samolyotni 2025 yil oktyabr oyida chiqarish rejalashtirilgan.
Foto: poletpilot.com
“Navoiy” EIZ direksiyasi hamda Rossiya kompaniyasi o‘rtasida uchuvchisiz samolyot tipidagi uchish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Kun.uz’ga “Navoiy” EIZ rahbari Habib Abdullayev xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, loyihaning umumiy qiymati 30 mln AQSh dollariga teng. Loyiha doirasida “Navoiy” EIZda kelgusi 3 yilda 100 ta samolyot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ilk samolyot 2025 yil oktyabr oyida taqdim etiladi.
Habib Abdullayevga ko‘ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki ehtiyojlarni ta’minlash bilan birga boshqa davlatlarga ham eksport qilinadi.
Ma’lumot uchun, «Pervoye opytno-konstruktorskoye byuro» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan SP-30 yengil, 2 o‘rinli samolyotlari asosan qishloq xo‘jaligi, o‘quv va sayyohlik parvozlari uchun mo‘ljallangan. Bunday turdagi samolyotlar 100 ot kuchiga ega bo‘lib, tezligi 150 km/soatgacha yetadi.