softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekistonda II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni ma’lum qilindi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekistonda II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni ma’lum qilindi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston II jahon urushi davrida 1 million 951 mingdan ortiq kishini frontga jo‘natgan.

Foto: Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston II jahon urushi davrida (1939-1945 yillar) 6,5 million aholiga ega bo‘lgan va 1 million 951 mingdan ortiq kishini frontga jo‘natgan. Ulardan 538 ming nafari frontda halok bo‘lgan.

Urush davrida O‘zbekiston muhim frontorti markaziga aylangan. Bu yerda 280 ta yangi korxona barpo etilgan, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, respublika 1,5 milliondan ortiq evakuatsiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming yetim bolani bag‘riga olgan.

Qayd qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda II jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar 82 nafarni tashkil qiladi. Ularning eng ulug‘i 114 yoshni qarshilagan.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev II jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, urush qatnashchilariga 10 ming dollardan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 mln so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi.