softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi 2026 yildan ishga tushiriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi 2026 yildan ishga tushiriladi

Batafsil o'qish:

Tezyurar poyezd Toshkent va Xivani bog‘laydi, yo‘l 14 soatdan 7 soat 40 daqiqaga qisqaradi. Shavkat Mirziyoyev Xorazmda yangi vagonlarni ko‘zdan kechirdi, jamoatchilik bilan birga poyezdda Urganchdan Xivaga bordi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida temiryo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi.

Qayd qilinishicha, bugungi kunda 465 kilometrlik «Buxoro-Urganch-Xiva» temir yo‘li elektrlashtirilib, himoya to‘siqlari o‘rnatilgan va zarur inshootlar qurilgan. Bu yo‘nalish uchun Janubiy Koreyaning «Hyundai Rotem» kompaniyasidan yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezd xarid qilinib, kelgusi yildan «Jaloliddin Manguberdi» nomi ostida Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yiladi.

Natijada yiliga 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Hozir Toshkentdan Xivaga 14 soat harakatlanadigan poyezd mazkur yo‘nalishda harakatga qo‘yiladigan elektropoyezd imkoniyatlari tufayli 7 soat 40 daqiqada yetib boradi.

Shuningdek, yuk poyezdlari o‘tkazuvchanligi qariyb 6 million tonnaga yetadi. Hozir bu ko‘rsatkich 1 million tonna.

Ta’kidlanishicha, prezident O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi vagonlarni ham ko‘zdan kechirdi. Kelgusi ikki yilda yo‘lovchi vagonlari soni 70 taga yetkazilib, eski turdagilaridan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Natijada yiliga bir million nafardan ortiq qo‘shimcha yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.

Prezident ushbu yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi. Yo‘l bo‘ylab joylardagi obodonchilik, dala chetlarida ekilgan ko‘chatlarni kuzatib bordi.

Qayd qilinishicha, viloyatda o‘tgan yili «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida qariyb 10 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. Yirik sanoat korxonalari tomonidan «yashil belbog‘»lar barpo etilgan.