softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Mahalliy aviareyslarda chiptalar oxirgi uch oyda 1,7 barobarga qimmatladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Mahalliy aviareyslarda chiptalar oxirgi uch oyda 1,7 barobarga qimmatladi

Batafsil o'qish:

Statistika qo‘mitasi hisobotlariga ko‘ra, fevral–aprel oylarida O‘zbekistonda ichki parvozlar uchun chiptalar narxi 74 foizga, nisbatan raqobat mavjud bo‘lgan xalqaro aviaqatnovlarda 12,5 foizga qimmatlashgan. Statistika organi aprel oyi yakunlari bo‘yicha yillik 10,1 foiz inflatsiyani qayd etdi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda oxirgi 3 oyda mahalliy aviaqatnovlar uchun chiptalar narxi 74 foizga ko‘tarildi. Statistika qo‘mitasining oylik inflatsiya hisobotlaridan kelib chiqadigan bu ma’lumotga iqtisodchi Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aviachiptalar narxi so‘nggi oylarda quyidagicha oshgan:

  • fevral oyida – ichki yo‘nalishlarda 1,6 barobarga, xalqaro yo‘nalishlarda 1,9 foizga;
  • mart oyida – ichki yo‘nalishlarda 3,9 foizga, xalqaro yo‘nalishlarda 4,8 foizga;
  • aprel oyida – ichki yo‘nalishlarda 4,9 foizga, xalqaro yo‘nalishlarda 5,3 foizga.

Shu tariqa, bu davrda parvoz chiptalari narxi ichki yo‘nalishlarda 74,4 foizga, aviaqatnovlar o‘rtasida raqobat kuchliroq xalqaro parvozlarda esa 12,45 foizga ko‘tarilgan.

Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni, yillik inflatsiya 10,1 foizni tashkil etgan.

Yanvar–aprel oylaridagi o‘rtacha oylik inflatsiya 0,7 foiz bo‘lib, bu 2023 yilda 0,8 foiz, 2024 yilda esa 0,6 foiz edi.

O‘tgan oyda xizmatlar o‘rtacha 1 foizga, tovarlar 0,6 foizga, oziq-ovqatlar 0,8 foizga qimmatlagani qayd etilgan. Oziq-ovqatlardan asosan go‘sht va yog‘ narxlari o‘sgani kuzatilgan.

Aprelda avtomobil va temiryo‘l transportida yo‘lovchi tashish narxlari 1,3 foizga o‘sgan. Avtotransportlar uchun metan 2,6 foizga qimmatlagan bo‘lsa, benzin 0,4 foizga, propan 8,7 foizga arzonlagani qayd etilgan.

Aprel oyidagi inflatsiyada axborot va aloqa bo‘limidagi narxlar sezilarli oshgani muhim o‘ringa ega. O‘tgan oyda bu bo‘limda narxlar 1,4 foizga, yil boshiga nisbatan 3,6 foizga, oxirgi 12 oyda esa 6,6 foizga qimmatlagan. Ushbu inflatsiya mobil aloqa xizmatlari tariflarining o‘rtacha 2,5 foizga oshishi bilan bog‘liq.