softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Hafta oxirida harorat isishi kutilmoqda

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Hafta oxirida harorat isishi kutilmoqda

Batafsil o'qish:

Foto: Kun.uz

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati +29...+32 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +33...+35 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo +33...+35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +37...+39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyi boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.

Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 2–4 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat +29...+31 daraja, shanba va yakshanba kunlari +32...+35 daraja bo‘ladi.