softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

“Ruhiy bosim o‘tkazgan” - Samarqandda o‘quvchilarni qattiq koyigan o‘qituvchi intizomiy jazo oldi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

“Ruhiy bosim o‘tkazgan” - Samarqandda o‘quvchilarni qattiq koyigan o‘qituvchi intizomiy jazo oldi

Batafsil o'qish:

O‘qituvchining xatti-harakatlari pedagog odobiga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan va unga nisbatan oylik ish haqining 30 foizida jarima qo‘llangan.

Foto: Kun.uz

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani 37-maktabning o‘qituvchisi o‘quvchilar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aytilgan xabarlar yuzasidan Samarqand maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur o‘qituvchi maktabdagi 2-“a” sinfiga rahbarlik qiladi. O‘qituvchi 3-soat – o‘qish fani dars mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng, 5 daqiqalik tanaffus vaqtida 2-“a” sinf o‘quvchilarining boshqa sinf o‘quvchilari o‘rtasida kelishmovchiligiga guvoh bo‘lgan. Ularni tartibga chaqirish maqsadida 4-soatda ota-onasini chaqirishini aytib ruhiy bosim o‘tkazgan.

Rasmiylarga ko‘ra, o‘qituvchining dars jarayonidagi holati pedagog odobiga to‘g‘ri kelmaydi, shu sabab unga nisbatan intizomiy jazo chorasi, oylik ish haqining 30% miqdorida jarima qo‘llanishi belgilangan.