softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston elchisi Mansur Qilichev Misrning Sabbour Consulting kompaniyasi bosh ijrochi direktori Umar Sabbur bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Umar Sabbur O‘zbekiston vakillari bilan qurilish va konsalting yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini bildirdi.  Mazkur loyihalarga misrlik yuqori malakali muhandislar va mutaxassislar hamda Saudiya Arabistonidagi sheriklarni ham jalb qilinadi.

U, shuningdek, joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Sabbour Consulting ko‘p tarmoqli muhandislik konsalting kompaniyasi bo‘lib, u 1957 yilda tashkil etilgan. Kompaniya Misrda shaharsozlik va yangi infratuzilmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan Qohira metrosi loyihasi, "6 oktabr" va Yangi Bani Suvayf kabi shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

Kompaniya arxitektura va konstruktiv loyihalash, shaharsozlik va landshaft dizayni, mexanik, elektr va sanitariya muhandisligi, loyiha boshqaruvi, qurilish nazorati, mulkni baholash kabi xizmatlarni taklif etadi.