softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rus elchisini chaqirib, Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning huquqlari poymol qilinishi holatlari ko‘payib borayotganiga e’tiroz bildirdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Rossiya tomonining e’tiborini RFda O‘zbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishi va ularga nisbatan qo‘pol muomala holatlari haqidagi ko‘payib borayotgan xabarlarga qaratdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

“Bunday holatlar Rossiya hududida mehnat faoliyati olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini buzish hisoblanishi, bu huquq va erkinliklar esa yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan, ko‘tarilgan masalani sinchkovlik bilan o‘rganish va O‘zbekiston tomonining xavotirlarini Rossiya Federatsiyasining tegishli vakolatli organlariga yetkazish zarurligi alohida qayd etildi”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning mingdan ortiq fuqarosi Rossiya tomonidan yollanib, Ukrainadagi urushga jalb etilgani haqidagi ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan o‘rganilayotganini ma’lum qilgandi.

Ukraina tomoni taqdim etgan ro‘yxatda o‘zbekistonlik ekani aytilayotgan 1100 ga yaqin shaxsning ism-familiyasi, tug‘ilgan sanasi, RF Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan sanasi, harbiy xizmatdagi shaxsiy raqami va 109 kishining vafot etgan sanasi ko‘rsatilgan. Marhumlardan eng yoshi hali 22 yoshga to‘lmagan bo‘lgan, yana biri RF Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzganidan 8 kun o‘tib halok bo‘lgan.

29 aprel kuni Moskvada O‘zbekiston va Rossiya mas’ul idoralarining ikki mamlakat fuqarolarining huquqlariga rioya etilishi ustidan birinchi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida imzolangan bayonnoma bilan, Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlari ta’minlanishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham mamlakat hududidagi rossiyaliklar huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha kuzatuvni kuchaytiradi.