softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Batafsil o'qish:

Poytaxtda «Yunusobod» bozori hududining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, asosiy maqsad  tadbirkorlar hamda bozor tashrif buyuruvchilari uchun qulaylik, tartib va xavfsizlikni oshirishdan iborat.

Avval ushbu hududda 180 ta avtomobil uchun to‘xtash joylari mavjud edi. Ishlar olib borilayotgan davrda Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab, jumladan yo‘l o‘tkazgich ostida, 350 ga yaqin to‘xtash joyi tashkil etildi. Bu tashrif buyuruvchilar uchun bozorga kirish imkoniyatini saqlab qoladi.

Ilgari avtoturargohda avtomobillardan tartibsiz savdo amalga oshirilgan bo‘lib, bu tartib va o‘tish yo‘llariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Endilikda bu holat tartibga solinmoqda — avtomobillardan savdo qilgan shaxslar 50 metr ichkariga, maxsus tashkil etilgan hududga ko‘chirilmoqda. Bu yerda ular  savdo qilishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilgan.

Barcha tadbirlar bozor hududida sanitariya holatini yaxshilash, xavfsizlikni oshirish, qulaylikni ta’minlash va tartib o‘rnatishga qaratilgan, deyiladi ma’lumotda.