softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi

Batafsil o'qish:

Mutaxassislar tomonidan tumanda kuniga 810 gektar maydonda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov olib borilmoqda. Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga ko‘ra, viloyatda zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari aprel oyining ilk kunlaridan boshlangan.

Foto: Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi

Nurobod tumanining Olg‘a mahallasi hududida zararli chigirtkalar ko‘paygani aniqlandi. Aholidan tushgan murojaat asosida chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati mas’ullari tomonidan hududda kuchaytirilgan o‘rganish ishlari olib borildi.

Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, viloyatda zararli chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari aprel oyining ilk kunlaridan boshlangan. Kimyoviy ishlovlar asosan Nurobod, Payariq, Qo‘shrabot hamda Kattaqo‘rg‘on tumanlarida olib borilgan. 

“Nurobod tumanida 24 ming gektarda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov o‘tkazish prognoz qilingan. Shundan 19 990 gektarda kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida 16 850 gektarda zararli chigirtkalar tarqalgan maydon aniqlandi. Tumanda bir kunda 810 gektargacha maydonda ishlovlar olib borilmoqda. Bugungacha jami 16 144 gektar maydon ishlovdan o‘tkazildi”, deyiladi boshqarma ma’lumotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, tumanda zararli chigirtkalar galasiga qarshi kimyoviy ishlov o‘tkazishda 15 ta OVX-600 purkagichli traktor, 3 ta VP-1 traktor, 10 ta motorli qo‘l purkagichlar hamda 2 ta UMO purkagichli avtomashinalardan foydalanilmoqda. Shuningdek, viloyat chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan zararli chigirtkalar o‘choqlarini aniqlash bo‘yicha doimiy kuzatuv-nazorat ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 

Boshqarma hududlarda zararli chigirtkalar bosqini bilan bog‘liq hodisa yuz berganda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘iga (Shomurod O‘rozov, +998979197412), chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati hududiy bo‘limi rahbari (Zafar Ergashev, +998915496062, +998985736062) va bosh agronomiga (Jamoliddin Abdug‘aniyev, +998333450450, +998933450450) murojaat qilish mumkinligini bildirgan.