O‘zbekistonda Pekin texnologiya instituti filiali ochilishi mumkin
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Vazirlik ma’lum qilishicha, Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga amalga oshirgan xizmat safari davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini muhokama qilish hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik uchrashuvlari tashkil etildi.
BMTning Savdo-sotiq va rivojlanish komissiyasi eksperti va Space Techtronic Industries Services (Shenzhen) Co., Ltd. vakillari bilan texnologiyalarni Xitoydan O‘zbekistonga transfer qilish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus markaz tashkil etishga kelishildi.
Xitoyning Xinjiang Beixin Road & Bridge Group Co., Ltd. kompaniyasi bilan akademik almashinuv dasturlarini tashkillashtirishga kelishildi.
Pekin texnologiya institutining Toshkent shahridagi filialini ochish masalasi muhokama qilindi. Yangi xorijiy kampus tarkibida beshta asosiy fakultet faoliyat yuritadi: kompyuter fanlari, mashinasozlik va avtomobilsozlik, “yashil” energetika, katta ma’lumotlar (Big Data), sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik.