softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Batafsil o'qish:

Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin rahbarlik qildilar.

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibning dolzarb mavzulari muhokama qilindi.

Shuningdek, MDH, ShHT, BMT tuzilmalari va "Markaziy Osiyo – Rossiya" formati doirasida ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.