Ayrim o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi.
Foto: Getty images
Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bu bo‘yicha 2025 yil yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi belgilangan.
Farmonga ko‘ra, maqsadli magistraturani 2026/27-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tashkil etish ko‘zda tutilgan. Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishdan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayoni masofaviy ta’lim shaklida tashkil etiladi.
Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar qabul qilinadi.
Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.