softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi

Batafsil o'qish:

O‘zbekiston hukumati yirik qarz oluvchilarga nisbatan «qattiqqo‘lroq» bo‘ladi. «Yaqin kelajakda biz «yirik qarz oluvchilar» deb ataladigan yangi qoidalarni joriy qilamiz. Markaziy bank ham, hukumat ham bunday qarz oluvchilar uchun alohida normalar chiqaradi», – dedi Markaziy bank raisi Timur Ishmetov.

O‘zbekiston hukumati yirik qarz oluvchilarga nisbatan «qattiqqo‘lroq» bo‘ladi. Bu haqda 2 may kuni Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) konferensiyasida Markaziy bank raisi Timur Ishmetov aytib o‘tdi, deya xabar beryapti Kun.uz muxbiri.

«Yaqin kelajakda biz «yirik qarz oluvchilar» deb ataladigan yangi qoidalarni joriy qilamiz. Markaziy bank ham, hukumat ham bunday qarz oluvchilar uchun alohida normalar chiqaradi», – dedi regulyator rahbari.

Timur Ishmetovning qo‘shimcha qilishicha, Markaziy bank o‘rta muddatli istiqbolda tartibga solishni xalqaro standartlarga, jumladan, Bazel III va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni yakunlaydi.

«Maqsadimiz moliyaviy sektorni diagnostika qilish orqali zaif tomonlarimizni aniqlash va qayerga borishimiz kerakligini tushunish edi. Zaif tomonlarimizni tan olishdan qo‘rqmasligimizni bozorga ko‘rsatib qo‘yish uchun natijalarni e’lon qilishni rejalashtiryapmiz. Muammolar qayerda ekanini tushunish muhim. Hozir biz XVF va Jahon banki tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqyapmiz va uni nashr etamiz», – dedi u.

Avvalroq, Markaziy bank tomonidan muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanishi rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.