«Work and travel» dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun ssuda ajratiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kiritilgan.
Foto: Pixabay
Hukumat qarori bilan 2025 yil 15 maydan «Work and travel» (Ish va sayohat) xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda (qaytarish sharti bilan beriladigan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi.
Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kiritilgan.
Har yili 2 ming nafargacha talaba yoshlarga BHM 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi (hozir 15 million so‘m). Ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
Ariza beruvchi quyidagi xujjatlarni ilova qiladi:
- xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
- ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmaganda, ushbu mablag‘larni qaytarish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning so‘nggi 12 oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot va qarz shartnomasi bo‘yicha kafil bo‘lishga rozilik arizasi (agar mavjud bo‘lsa);
- viza.
Talaba ajratilgan ssudani xorijiy davlatdan kelganidan so‘ng 1 oy muddatda qaytarish majburiyatini oladi.
1 kalendar yil davomida 2 ming nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish ma’qullangandan so‘ng ariza qabul qilish to‘xtatiladi.
Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.