Yerosti suvi uchun ruxsatsiz quduq burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Shuningdek, yerosti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi 5 baravar ko‘paytiriladi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yerosti suvlari uchun quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda – muddati o‘tgan qarzdorlik uning mavjudligi to‘g‘risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo‘lgan huquq bekor qilinishi belgilandi.
Bundan tashqari, sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha aniq talablar belgilanmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yerosti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 kub metrgacha bo‘lgan hajmda yerosti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.