softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat talab qilish to‘xtatildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat talab qilish to‘xtatildi

Batafsil o'qish:

Bojxonada elektromobil sifatida rasmiylashtirilayotgan gibrid avtomobillarni O‘zbekistonga ekologik sertifikatsiz olib kirishga ruxsat berildi. Bu talab 1 maydan joriy qilingan edi. Holat yuzasidan ekologiya vaziriga senator so‘rovi ham yuborildi.

Foto: Unsplash

1 maydan boshlab O‘zbekistonga gibrid avtomobillarni olib kirishda kamida Yevro-4 ekologik toifasiga mosligini tasdiqlovchi ekologik sertifikat talab qilinayotgani xabar berilgandi.

Bu holat so‘nggi kunlarda tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Autodeklarant kanalining yozishicha, 3 maydan boshlab bu talab bekor qilingan.

«Bojxona xodimlari elektromobil sifatida rasmiylashtirilayotgan gibrid avtomobillarga ekologik sertifikat olish endilikda talab qilinmasligini aytishdi, ya’ni avvalgi holatga qaytdi (avval talab qilinmas edi). Ekologik sertifikatsiz rasmiylashtirish ishlari boshlab yuborilgan», deya yozdi kanal muallifi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga elektromobillar va gibrid avtomobillar asosan Xitoydan import qilinadi. Ushbu mamlakatda 2018 yildan boshlab ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillarning Xitoy-5 emissiya standartiga mos bo‘lishi talabi kuchga kirgan. Bu standart talablari Yevro-5 bilan qariyb bir xil. Keyinroq talablar kuchaytirilib, 2021 yildan e’tiboran Xitoy-6a, 2023 yildan esa Xitoy-6b standarti joriy etilgan.

Avvalroq, Oliy Majlis Senati bayonot berib, bu masalada ekologiya vaziriga so‘rov yuborilganini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, mazkur mavzu muhokamalarga sabab bo‘lgani bejiz emas, chunki O‘zbekistonga kirib kelayotgan gibrid elektromobillar Yevro-5 yoki Yevro-6 ekologik standartlariga javob beradigan elektrodvigatellar bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 1 noyabrdan e’tiboran yakka tartibda olib kirilgan avtomobillar uchun Piskentdagi laboratoriyada majburiy elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi joriy etilgandi. Keyinroq Leapmotor avtomobillaridan biri bu tekshiruvdan o‘ta olmagani vaji bilan bu brendga mansub barcha avtomobillar importi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgandi.

Joriy yil 1 maydan esa yangi elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdori 4 barobarga oshirildi.