softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Bo‘stonliqda ziplayn uchgan fuqaro to‘siqqa urildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Bo‘stonliqda ziplayn uchgan fuqaro to‘siqqa urildi

Batafsil o'qish:

Holat attraksiondan foydalanishda keskin harakatlanish oqibatida yuzaga kelgan. Ziplaynning tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, unda uchayotgan fuqaro to‘siqqa urilgan.

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan dam olish maskanlarining biridagi ziplaynda nosozlik yuzaga kelishi oqibatida fuqaro jarohat oldi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 may kuni attraksionda ziplayn uchayotgan fuqaro to‘siqqa urilgani va jarohat olgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

Qayd etilishicha, videolavhada aks ettirilgan attraksionlar qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish davomida ushbu holat Bo‘stonliq tumani “Xumson” MFY Ugam dam olish maskanida joylashgan attraksionda yuz bergani aniqlangan. Ta’kidlanishicha, attraksiondan foydalanishda keskin harakatlanish natijasida tormoz to‘xtash tizimida nosozlik yuzaga kelgan va fuqaro to‘siqqa urilgan.

Holat to‘liq o‘rganilib, dam olish maskaniga o‘rnatilgan attraksiondagi kamchiliklar bartaraf etilmagunga qadar undan foydalanmaslik bo‘yicha oromgoh mutasaddilariga tavsiya va ko‘rsatmalar berilgan.

Ma’lumot uchun, ziplayn bu — og‘ir yuklar va odamlarni mustahkam tross yordamida bir nuqtadan ikkinchisiga katta tezlikda tushirish imkonini beruvchi qurilma.