softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi

Batafsil o'qish:

Kiberjinoyat bank yoki to‘lov tashkilotining aybi bilan ro‘y bergan bo‘lsa, zarar shu kompaniya zimmasiga yuklanadi. Kiberjinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati e’lon qilib boriladi. O‘zining bank kartasi, SIM kartasi yoki akkauntini firibgarlarga bergan jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladi. Internetdagi “moliyaviy piramida”larni barvaqt aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Shutterstock

Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirishga oid prezident qarori imzolandi. Kun.uz ixtiyoriga hujjatning rasmiy sharhi kelib tushdi.

Unga ko‘ra, qonunchilikka quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi kutilmoqda:

  • banklar, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida yo‘l qo‘yilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zararni ular hisobidan undirish tartibi joriy etiladi;
  • kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boshqa shaxsiga doir ma’lumotlardan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik o‘rnatiladi.

Kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida:

  • axborot tizimidagi zaifliklar va kamchiliklar natijasida kiberjinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga e’lon qilib boriladi;
  • aholi pul mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bank kartalaridagi pullar talon-toroj qilinishini to‘xtatish maqsadida:

  • banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlariga zamonaviy antifrod va antivirus himoya tizimlarini joriy etish;
  • firibgarlarning soxta raqamlar orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilishini texnik cheklash (imkonsiz qilish) choralari ko‘riladi.

Kiberjinoyatlarni fosh etish yo‘nalishida Markaziy bank, to‘lov tizimi va ichki ishlar organlari vakillaridan iborat tezkor harakatlanish guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur guruh tomonidan shubhali pul o‘tkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalarini tezkorlik bilan aniqlash va bloklash kabi choralar ko‘rib boriladi. Natijada kiberjinoyat orqali jinoyatchilar tomonidan o‘zlashtirilgan pullarni respublika hududidan chiqib ketishini oldini olish va jabrlanuvchiga qaytarish imkoniyati ta’minlanadi.

Bundan tashqari:

  • kiberjinoyatlarni tergov qilish va fosh etish faoliyatining sifati va samaradorligi oshirish maqsadida qonunchilik ijrosi ustidan prokurorlik nazorati o‘rnatiladi;
  • ilmiy tadqiqot faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • soha bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaytiriladi;
  • soha xodimlarining malakasi oshirish choralari ko‘riladi.

Har yili bir oy davomida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot-tashviqot oyligi o‘tkaziladi.