softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

Batafsil o'qish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda tumanlardagi manzilli o‘rganishlar tahlil qilinib, yangi taklif va rejalar ko‘rib chiqildi. Ekinlarni yerlarning tuproq-iqlim xususiyatidan kelib chiqib yetishtirish, cho‘l hududlarda g‘alla, sabzavot va kartoshka hosildorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda.

Oziq-ovqat loyihalari uchun ham imkoniyatlar ko‘p. Jumladan, Oqoltin, Guliston va Boyovut tumanlaridagi 9 ming gektarda 3 ta yirik chorvachilik majmuasini ishga tushirish, 7 ming gektarda yangi texnologiya asosida paxta yetishtirish mo‘ljallangan.

Viloyatda 10 ming gektar bog‘ va tokzor bor. Ularning yarmidan ko‘pida nav va agrotexnologiya eskiligi uchun meva-sabzavot xaridorgir emas. Shu bois 2 ming gektar bog‘ni yangilab, xorijda eng xaridorgir mevalar yetishtirish, qolganini talabgorlarga taklif etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bu yil «O‘ng tarmoq» tumanlararo kanalining 607 kilometrini rekonstruksiya qilish va raqamli boshqaruvga o‘tkazish loyihasi yakunlanadi. Natijada 35-40 foiz suv tejaladi, 27 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi.

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, qishloq xo‘jaligida hosildorlik va aholi bandligini ta’minlash, oziq-ovqatga bo‘lgan ichki talabni to‘liq qoplash, qayta ishlash va eksport quvvatlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.