softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

5 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

5 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar

Batafsil o'qish:

Boysundagi konda gaz otilishi, Fransiyadan xarid qilinayotgan Airbusʼlar, Nurobod tumanida tarqalgan chigirtkalar, faoliyati optimallashtirilayotgan Qo‘yliq bozori — o‘tgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Boysundagi gaz favvorasi

Surxondaryoning Boysun tumanida joylashgan «Mustaqillikning 25 yilligi» konida gaz otilishi yuz berdi.

Energetika vazirligiga ko‘ra, 5 may kuni soat 6:10 da kondagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatilgan.

«Tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gaz tarqalishining oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborildi. Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Hodisa sodir bo‘lgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan o‘rab qo‘yilgan va hozirgi vaqtda ushbu hudud doimiy nazorat qilinmoqda. Avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib boryapti.

Energetika vazirligi yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmasligini ma’lum qildi.

Vazirlikning eslatishicha, 27 mart kuni mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning chiqishi qayd etilgan. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quduq nazorat ostida yoqib qo‘yilgan. 22 aprel kuni esa quduq o‘qi g‘ovlanib tushgan va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish to‘xtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi kuzatilgan.

O‘zbekiston 14 ta yangi Airbus xarid qiladi

Saudiya Arabistonining Al Harir gazetasida «Sayyohlarni jalb qilish uchun O‘zbekiston aviaparki o‘nlab zamonaviy samolyotlar bilan to‘ldiriladi» sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatda sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida havo flotini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalar ko‘rib chiqilgan. Unda Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy Airbus samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishilgani, Boeing kompaniyasi bilan 12 ta samolyot olib kelish bo‘yicha muzokara boshlangani haqida so‘z boradi.

Nashr shu yil yanvar oyida Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi rahbari Shuhrat Xudoyqulov 2 milliard dollarga 14 ta uzoq masofaga uchadigan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini sotib olish rejasini ma’lum qilgani haqida yozgan.

«2022 yil noyabr oyida O‘zbekiston umumiy qiymati qariyb 800 million yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolagan», – deya ta’kidlangan maqolada.

Samarqandda tarqalgan chigirtkalar

Nurobod tumanining Olg‘a mahallasi hududida zararli chigirtkalar ko‘paygani aniqlandi. Aholidan tushgan murojaat asosida chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati mas’ullari tomonidan hududda kuchaytirilgan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Nurobod tumanida 24 ming gektarda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov o‘tkazish prognoz qilingan. Shundan qariyb 20 ming gektarda kuzatuv tadbirlari o‘tkazilgan.

Kuzatuv jarayonida 16 ming 850 gektarda zararli chigirtkalar tarqalgan maydon aniqlangan. Tumanda bir kunda 810 gektargacha maydonda ishlovlar olib borilmoqda. Bugungacha jami 16 ming gektardan ziyod maydon ishlovdan o‘tkazilgan.

Faoliyati optimallashtirilayotgan Qo‘yliq bozori

Toshkent shahar hokimligi Qo‘yliq bozori hududining bir qismini reorganizatsiya qilish va obodonlashtirish ishlari qayta tiklanganini ma’lum qildi.

Hokimlikka ko‘ra, bozor yopilmayapti, balki uning faoliyati optimallashtirilmoqda. Tartib o‘rnatish, sanitariya sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zgarishlar boshlanishidan oldin bozor hududida ko‘plab muammolar to‘planib qolgani qayd etildi. Xususan, jinoyatchilik xavfi, eskirgan kommunikatsiyalar sababli yuzaga kelgan mayda yong‘inlar, sanitariya me’yorlarining buzilishi, shuningdek, qulaylik va odamlar salomatligiga xavf soluvchi tartibsiz savdo holatlari mavjudligi aniqlangan.

«Ushbu holatlar e’tiborsiz qoldirilishi mumkin emas. Shu sababli, tizimli qaror qabul qilinib, bozor xalqaro va zamonaviy shahar standartlariga mos holga keltirilmoqda», — deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.