softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

Batafsil o'qish:

Prezidentning tegishli farmonlari bilan Jasur Solihov Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga, Gulnoza Ismoilova esa Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Jasur Solihov

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Jasur Solihov Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Jasur Solihov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Buyuk Britaniyaning York universitetida magistr darajasini olgan. Shuningdek, Yaponiyaning «Vaseda» universitetini Xalqaro strategiya yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini tamomlagan hamda Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti Oriyel kollejida tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borgan.

U 2014 yildan 2023 yil boshiga qadar Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Jasur Salihov Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Gulnoza Ismoilova

Shuningdek, Gulnoza Ismoilova Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Gulnoza Ismoilova — yuridik fanlari doktori, professor. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. «Iqtisodiyot» ixtisosligida ikkinchi mutaxassislikka ega (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti).

Tayinlovga qadar u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.