softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Davlat boshqaruvi akademiyasi prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Davlat boshqaruvi akademiyasi prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash va mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, «El-yurt umidi» jamg‘armasi prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi etib qayta tashkil qilinadi.

Shuningdek, Davlat boshqaruvi akademiyasi prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi. Ular Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birga kadrlar tayyorlash klasteriga aylantiriladi.

Jumladan, istiqbolli mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura bilan bir qatorda davlat xizmatchilari olti oygacha maqsadli stajirovkaga yuboriladi. Bunda energetika, urbanizatsiya, transport, arxitektura, geodeziya, yer munosabatlari, texnika, muhandislik kabi iqtisodiyotning drayver sohalariga, davlat boshqaruvi va dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga ustuvorlik beriladi.

Xalqaro reytinglardagi top-yuztalikka kirgan universitetlarga grant asosida o‘qishga qabul qilingan nomzodlarga «El-yurt umidi» stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi. Shuningdek, xalqaro transport va turar joy xarajatlari imtihonlarsiz qoplab beriladi.

Top-yigirmatalikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan Prezident maktablari bitiruvchilariga stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi.

Xorijda o‘qiyotgan talabalar bilan doimiy muloqotda bo‘lish, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida yordamlashish maqsadida «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiatlarining ota-onalari kengashi tuziladi. Elchixona va konsulliklarga talabalarga huquqiy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish vazifalari yuklatiladi.

Yangi tizimga asosan, endi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida davlat xizmatchilari uchun 3 ta dastur – malaka oshirish, qayta tayyorlash va magistratura yo‘lga qo‘yiladi. Barcha uzoq va o‘rta muddatli o‘quvlar xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tayanch tavsiyalari asosida tashkil etiladi.

Magistraturada «Davlat boshqaruvi», «Davlat siyosati», «Hududlarni kompleks rivojlantirish», «Inson resurslarini rivojlantirish» va «Davlat moliyasini boshqarish» yo‘nalishlarida 18 oygacha muddatda chuqurlashtirilgan bilimlar beriladi. Davlat buyurtmasidan tashqari to‘lov-kontrakt shaklida ham talabgorlar qabul qilinadi.

Akademiyada ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish, nufuzli xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish uchun Xalqaro akademik maslahat kengashi tuziladi.

Shuningdek, akademiya huzurida 4 ta yangi markaz tashkil etilmoqda. Misol uchun, Davlat boshqaruvi muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazi davlat xizmati samaradorligini oshirish, xususiy sektordagi ilg‘or amaliyotlarni davlat boshqaruvida joriy qilishga qaratilgan tavsiyalar berib boradi.

Prezident takliflarni ma’qullab, bu tizimlarni yangicha yondashuvlar asosida joriy qilish, jamg‘arma va akademiya xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Iqtidorli yoshlarni doimiy izlab topish va yuqori darajada o‘qitish, malakali mutaxassislarni islohotlarga jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.