softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Batafsil o'qish:

2023 yil fevralidan buyon Sirdaryo viloyati SSB boshlig‘i bo‘lgan Xurshid Hakimov ishdan ketgan, uning o‘rnini Sanjar Xudoyberdiyev egallagan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Sanjar Sobirovich Xudoyberdiyev Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sanjar Xudoyberdiyev 2008 yil Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. 2008–2010 yillarda klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasida shifokor-jarroh sifatida boshlagan.

Turli yillarda Sirdaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘lim mudiri, davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshlig‘i kabi qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S.Xudoyberdiyev tayinlovga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

U Sirdaryo SSB boshlig‘i lavozimida 2023 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Xurshid Hakimov o‘rnida ish boshladi.