Iskander Buildings “Mavrid” qurilish maydonida ochiq tadbir o‘tkazdi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
30 aprel kuni Iskander Buildings kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridagi “Mavrid” loyihasi qurilish maydonida tadbir - “Mavrid Tour” tashkil etildi.
Foto: Iskander Buildings
Tadbirning asosiy maqsadi — mehmonlarni qurilish jarayoni bilan tanishtirish, ishlatilayotgan materiallar sifati, loyihaning holati va kelgusi bosqichlari haqida ochiq va shaffof ma’lumot berish edi. Unda kompaniya mijozlari, potensial xaridorlar, blogerlar va qurilish sohasi vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, Mavrid loyihasi 2024 yil iyul oyida qurilishi boshlangan bo‘lib, 10 oy davomida tahsinga loyiq o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga:
- Loyihaning bosh arxitektori Azamat Boyxanov tomonidan konsepsiya va loyihalash jarayoni bo‘yicha taqdimot;
- Qurilishda foydalanilayotgan Betomax betoni va Ytong gazobloklari haqida texnik ma’lumotlar;
- Qurilish holati bilan tanishish maqsadida A, B va C bloklar bo‘ylab ekskursiya. AKFA romlari bo‘yicha taqdimot;
- Tadbir ishtirokchilariga yangi Yunusobod tumanida joylashgan “Mezbon” loyihasi bo‘yicha maxsus taklif ham taqdim etildi.
Tadbirda Iskander Buildings mijozlari bo‘lgan taniqli shaxslar ham ishtirok etishdi, jumladan: Zebo Raximova, Ulug‘bek Qodirov, Davron Fayziyev, Azoda, Dilbar Zokirova, Oybek Teshaboyev, Tass Cooking, “Chumoli”, Rahmiddin Qodirov va Obidjon Nasriddinov.
“Qurilishni ko‘zimiz bilan ko‘rdik, hammasi aniq va tushunarli. Kompaniyaga ilgari ham ishonardik, lekin bu tadbirdan keyin yanayam ishonchimiz ortdi.” — deydi tadbir mehmonlaridan biri.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan Iskander Buildings’ning ochiqlikka asoslangan yondashuvi, sifatlarga e’tibor va qurilish jarayoniga mas’uliyatli munosabati ijobiy baholandi.
Murojaat uchun: +998 78 777-00-11
👉 Bot orqali ariza qoldiring