Octobank “2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun” mukofotiga sazovor bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Faxriy mukofot bankka 3 may kuni Toshkentda o‘tkazilgan Brand Awards International mukofoti doirasida topshirildi.
Foto: Octobank
Brand Awards International VIII mukofoti yakunlari bo‘yicha Octobank “2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ilgari “Yil brendi” nomi bilan tanilgan mukofot xalqaro formatga o‘zgardi, bu O‘zbekistonning yetakchi brendlarining bir yil davomidagi biznes yutuqlarini tasdiqlovchi omildir.
Tantanali taqdirlash marosimi 3 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Mukofot tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi ishtirok etish va brendlarning eng muhim yutuqlarini taqdim etish hamda ularning qiymatini aniqlashning maqbul formatini tayyorladilar.
“Brand Awards International mukofoti brendlarga o‘z qadriyatlari haqida so‘zlab berishga, iste’molchilarga esa – ongli tanlov qilishga yordam beradi. Ushbu format orqali iste’molchilar brendlarning qiymati va ishonchliligi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Brend – bu nafaqat logotip, brend – bu, iste’molchilar uchun tushunarli va qabul qilinadigan, kompaniya va mahsulotning kelgusi yillardagi aniq rivojlanish strategiyasidir” – deydi O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.
Brand Awards International noyob formati birinchi marta O‘zbekistonda brendlarning indikativ qiymatini baholash imkonini berdi. Bu ishni Gafurov Kardash and Partners mustaqil sarmoyaviy-konsalting kompaniyasi amalga oshirdi.
“Ishimizni yuqori baholaganingiz uchun minnatdormiz. Soha mutaxassislari tomonidan berilgan faxriy mukofot – bizning ishimizning qimmatli natijasi hamda Octobank jamoasi tanlagan strategiyaning to‘g‘riligini tasdiqlovchi yutuqdir. Biz mijozlarimizga eng yaxshi bank yechimlarini taqdim etgan holda, yangi texnologiyalarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha faol ishlarimizni davom ettiramiz”, – dedi “Octobank” AJ Boshqaruv Raisi Iskandar Tursunov.
Bank haqida:
Octobank 20 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston bozorida raqamli infratuzilmani rivojlantirib, elektron tijoratni o‘z mijozlari uchun qulay va foydalanishga oson qilib kelmoqda. 3 milliondan ziyod jismoniy shaxslar va 2500 dan ortiq korporativ mijozlar Octobank’ni xavfsizligi va xizmat afzalliklari uchun qadrlashadi.
Qo‘shimcha ma’lumot octobank.uz saytida.
Reklama huquqi asosida