softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi

Batafsil o'qish:

Jizzax viloyatining Zomin tumanida o‘tkazilgan "Jizzax-2025" xalqaro biznes-forumida Pokiston ishbilarmon doiralari vakillari faol qatnashdi.

Foto: "Dunyo" AA

Pokiston delegatsiyasi tarkibida farmatsevtika, to‘qimachilik, teri sanoati, tayyor kiyim-kechak, gugurt ishlab chiqarish, kimyo sanoati va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalar vakillari keldi.

Forumning birinchi kunida Pokiston va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida G2B va B2B shakllarida uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda qator yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekistonning Ideal Textile Orzu kompaniyasi Diners kompaniyasi bilan biznes aloqalarini o‘rnatish, Pokistonga yarim tayyor mahsulotlarni eksport qilish va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.

Shuningdek, O‘zbekistonda uy tekstili va choyshab mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish borasida tomonlarning aniq rejalari muvofiqlashtirildi.

Zomin tumani hokimligi rahbariyati va Pokistonning Fazal Cloth Mill kompaniyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tumanda to‘qimachilik korxonasini tashkil etish, mayda shohli qoramol ko‘pligini inobatga olib, teri va junni qayta ishlash, undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Fatima Group kompaniyasi bilan Zomin tumani tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etish, Broadpeak kompaniyasi bilan esa tumanida 50 o‘rinli zamonaviy mehmonxona qurish loyihasiga investitsiya kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Getz Pharma, Herbion Naturals va Glitz Pharma farmatsevtika kompaniyalari bilan Zominda yetishtirilgan dorivor o‘simliklar eksportini yo‘lga qo‘yish, yaqin istiqbolda import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, Jizzax viloyatida tibbiy xodimlarni o‘qitish va sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik qilish, tuman hududidagi maxsus ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fitoterapiya va dorivor o‘simliklar bo‘yicha o‘quv kurslarini uyushtirishga kelishildi.

Mahalliy mahsulotlarni saqlash va eksport qilishga yo‘nalishida Pokistonning TPBS kompaniyasi bilan Zomin tumanida  zamonaviy sovitish ombori va logistika markazini qurish tashabbusi ilgari surilmoqda.