Toshkent va Pokiston poytaxti o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Foto: Getty images
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent va Pokiston poytaxti Islomobod shahri o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi.
Xabarga ko‘ra, 14 iyundan boshlab Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Parvozlar shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):
- Toshkentdan jo‘nab ketish 08:50, Islomobodga yetib borish 10:50;
- Islomoboddan jo‘nab ketish 11:50, Toshkentga yetib kelish 13:50.
Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent va Pokistonning Lohur shahri o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.