softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?

Batafsil o'qish:

O‘zbekistonga gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat olish talabi qo‘yildi. Qo‘yildi-yu, 3 kunga bormay olib tashlandi. Avtomobil importini qimmatlashtiradigan bu sirli chora nega joriy qilindi-yu, nega bekor qilindi – rasmiylardan biror izoh bo‘lmayapti.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Ma’lum bo‘lishicha, 1 maydan e’tiboran O‘zbekistonga elektromobil olib kirishda nafaqat utilizatsiya yig‘imi 4 barobargacha oshgan, balki yangi xarajat – ekologik sertifikat olish talabi ham paydo bo‘lgan. Bu sertifikat bojxonada elektromobil deb rasmiylashtiriladigan gibrid avtomobillar – Lixiang, Leapmotor, Voyah, Deepal, AITO, Neta, Avatr kabilarga taalluqli bo‘lib, mashinaning Yevro-4 ekologik standartiga javob berishini tasdiqlashi kerak.

Autodeklarant kanalining yozishicha, ekologik sertifikat har bir dona avtomobil uchun alohida olishishi, uni olish uchun 2 mln so‘mdan ko‘proq to‘lov qilish kerakligi belgilangan. Bu sertifikat qaysi tashkilot berayotgani, to‘lov miqdori qaysi asoslarga ko‘ra belgilangani kabi savollar ochiq qolmoqda.

Qizig‘i shundaki, asosiy yetkazib beruvchi bo‘lmish Xitoy avtosanoati 2018 yildan boshlab to‘liq Yevro-5 standartiga muvofiq avtomobil ishlab chiqarishga o‘tgan. Shundan keyin 2021 va 2023 yillarda Xitoyda chiqariladigan avtomobillarning ekologik bezarar bo‘lishiga nisbatan talablar yanada kuchaytirilgan. Shunga qaramay, O‘zbekiston rasmiylari Xitoydan kelayotgan avtomobillarning Yevro-4 standartiga mosligini tekshirishga qaror qilgani ajablanarli.

Lekin aftidan, bu ajabtovur tartibning umri uzoqqa cho‘zilmadi. Autodeklarant kanaliga ko‘ra, yangilik joriy etilganidan 3 kun o‘tar-o‘tmay, 3 may kuni ekologik sertifikat talab qilish to‘xtatilgan.

Bojxona xodimlari elektromobil sifatida rasmiylashtirilayotgan gibrid avtomobillarga ekologik sertifikat olish endilikda talab qilinmasligini aytishdi”, – deya yozdi kanal muallifi Azizbek Berdiyev.

Shu kuni Oliy Majlis Senati bayonot berib, bu masalada ekologiya vaziriga so‘rov yuborilganini ma’lum qildi. Senatning rasmiy munosabatida bu mavzu muhokamalarga sabab bo‘lgani bejiz emasligi, chunki O‘zbekistonga kirib kelayotgan gibrid elektromobillar Yevro-5 yoki Yevro-6 ekologik standartlariga javob berishi aytiladi.

Senatning qayd etishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi 50-son qarori bilan, ekologik sertifikatlash tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi mavjud bo‘lganda, ekologik xavfsizlik mezonlariga muvofiqlik tekshirilishi kerak. Agar laboratoriya mavjud bo‘lmasa, transport vositasi identifikatsiya yo‘li bilan baholanishi mumkin.

Bu masalada parlament yuqori palatasining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyev ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovga senator so‘rovi yuborgan. So‘rovda ekologik sertifikatning huquqiy asoslari qanchalik mustahkamligi savol ostiga olingan, shuningdek, belgilangan to‘lov miqdoriga aniqlik kiritish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 1 noyabrdan e’tiboran yakka tartibda olib kirilgan avtomobillar uchun Piskentdagi laboratoriyada majburiy elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi joriy etildi. Bu esa bir necha oylik navbatlarga olib keldi.

Keyinroq Leapmotor avtomobillaridan biri bu tekshiruvdan o‘ta olmagani vaji bilan, bu brendga mansub barcha avtomobillar importi to‘xtatib qo‘yildi va bu taqiq 3 hafta davom etdi.