softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

Batafsil o'qish:

Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning masalasini oshirishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Foto: Getty images

«Ta’lim sohasida loyihalar markazi» loyiha ofisi negizida Prezident Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. Davlat rahbarining bu boradagi tegishli farmoni qabul qilindi.

Farmonda belgilanishicha, agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning masalasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Shuningdek, 2025 yil 1 iyuldan boshlab yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;

ikkinchi bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan ta’lim dasturlari (kasblar, ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar) maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Bunda:

  • maxsus davlat akkreditatsiyasdan o‘tmagan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va ta’lim ta’shkilotiga beriglan litsenziyaning bekor qilinishiga (faoliyati to‘xtatilishiga) asos bo‘ladi.