softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

«Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

«Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi

Batafsil o'qish:

Aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

Foto: Nina Zotina

«Sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan «Toza ko‘llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, «Toza qo‘llar» dasturi doirasida sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida:

- sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlanadi;

- ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena obektlari (hojatxona) infratuzilmasi yaxshilanadi, ular binoning ichki qismida joylashtiriladi;

- aholi, jumladan, bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.

Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali ma’lumotlaridan foydalangan holda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur shakllantiriladi.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini xalqaro tajriba asosida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyenaning «Uch yulduzli yondashuv» metodikasi asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident farmoniga muvofiq, 1 maydan barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida «Toza qo‘llar» dasturi amalga oshirilishi belgilangan.