Vazirlar Mahkamasi qarori bilan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator NHHga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Foto: AFP / JOCHEN LUEBKE
O‘zgartirishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
- sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini takomillashtirish;
- xavfli ishlab chiqarish obektlari tomonidan texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalarning davlat kadastri pasportlari ishlab chiqilishi majburiyligini belgilash;
- sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarga ekspert guvohnomasini berish tartibini takomillashtirish.
Xususan, quyidagilarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom;
- Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalar.