Energiya samaradorligi milliy agentligi nimalar bilan shug‘ullanadi?
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Foto: Xalq so‘zi
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Agentlik energiya samaradorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralarni ishlab chiqish va tartibga solish davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Agentlikning asosiy vazifalari:
Agentlikning Energiya samaradorligini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan energiya samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida monitoring qilish, targ‘ibot ishlarini tashkil etish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan energiya samaradorligini oshirish bilan bog‘liq tadbirlar va loyihalar moliyalashtiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi: