O‘quv muassasalari oldidagi yangi xavf: narkotik va psixotrop moddalar iste’moli
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Giyohvandlik — aqldan ozish, murdadek yashash degani. Bugungi kunda asr vabosiga aylangan mazkur illat yoshlar o‘rtasida kun sayin keng quloch yozib bormoqda. Tarixiy manbalarga ko‘ra bundan 600 yil ilgari ilk bor og‘riq qoldiruvchi dori sifatida foydalanilgan giyohvandlik moddalari bugunga kelib barcha davlatlar va jamiyatlar uchun ulkan xavf-xatarga aylangan.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, respublikamiz bojxonachilari tomonidan 2023 yil hamda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 596 ta qonunbuzilish holatlarida umumiy og‘irligi salkam 9,5 tonna giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilgan.
Hozirda yoshlar orasida an’anaviy giyohvandlik moddalaridan voz kechib, ayniqsa, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, masalan, “tramadol” va yangi paydo bo‘lgan “tropikamid” dorilarini iste’mol qilish holatlari ko‘paymoqda.
Aytish lozimki, ushbu xavf global tus olgan. Maktablarni giyohvandlik vositalaridan asrash bo‘yicha yetarlicha xalqaro tajriba ham to‘plangan. Hozirgi paytda o‘quv muassasalarida narkotik va psixotrop vositalar iste’moliga qarshi kurashishda eng ko‘p samara berayotgan bir qator yondashuvlar ishlab chiqilgan. Xususan, ushbu illatning tarqalishidan aziyat chekkan rivojlangan mamlakatlarda quyidagi choralar keng qo‘llaniladi:
1. Ta’lim va ogohlik. Yoshlarga giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari va xatarlarini ochiq-oydin tushuntirib beruvchi o‘quv dasturlari joriy etilgan. Shuningdek, bu borada ulkan targ‘ibot kampaniyalari doimiy o‘tkazib boriladi.
2. O‘ta qat’iy choralar va cheklovlar. Ta’lim muassasalari hududida narkotik va psixotrop moddalar savdosi, iste’moli va tarqatilishiga qarshi keskin jazo choralari belgilangan. Shuningdek, muntazam ravishda maktablarda tasodifiy tanlov asosida tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Manba: www.aniq.uz