Uzbekistan Airways ayrim yo‘nalishlarda parvozlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi
O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news

O'zbekiston yangiliklari, Ўзбекистон янгиликлари, Новости Узбекистана, Uzbekistan news
Dehli, Mumbay, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket kabi shaharlar yo‘nalishidagi reyslarning marshrutlari o‘zgartiriladi.
Foto: FlightAware
Uzbekistan Airways parvozlar xavfsizligini maksimal darajada ta’minlash maqsadida, shuningdek Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan vaqtincha o‘tishga qo‘yilgan cheklovlar sababli, Dehli, Mumbay, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket kabi shaharlar yo‘nalishidagi reyslarning marshrutlarini o‘zgartiradi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, shaharlar ro‘yxati yangilanishi, marshrutlarga qo‘shimcha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uchish vaqti yo‘nalishga qarab 1,5 soat va undan ortiqqa uzayishi mumkin.
Uzbekistan Airways vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borayotgani va Yaqin Sharq hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yo‘nalishlari bo‘yicha parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni o‘zining rasmiy axborot kanallari orqali xabardor qilishi aytilgan.